O‘zbekiston aholisi 2021-yilning yanvar–avgust oylarida naqd pul yechib olishni oshirdi. Bu haqda Markaziy bank naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharhida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu vaqt davomida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 317,4 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 48,8 foizga ko‘p. Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 157,6 trillion so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar esa 159,9 trillion so‘mni tashkil etgan.
Yanvar–avgust oylarida bank kartalariga 178,1 trillion so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 58,8 trillion so‘mlik (33 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston aholisi 2020-yilda 60 trln so‘mdan ortiq mablag‘ni naqdlashtirgan








