Daryo

O‘zbekistonga 1,2 mln dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelindi

Pfizer/BioNTech O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish44 044 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonga yaqin kunlarda Pfizer/BioNTech va AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 13-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga 1,2 million dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V” va Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.

Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:
  • 1 342 480 dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 460 000 dozasi “Sputnik V”,
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha mamlakatda jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Polsha O‘zbekistonga 250 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar