Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentdagi turar joylar devorlarida giyohvandlik vositalari reklamasi yozuvlari paydo bo‘layotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati ushbu reklama yozuvlarini tarqatish bilan shug‘ullangan ikki yigit qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent IIBB matbuot xizmati

Foto: Toshkent IIBB matbuot xizmati

IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlanishicha, Mirzo-Ulug‘bek tumani “Bo‘z” mahallasida bir nechta uylar devorlarida yozuvlar paydo bo‘lgan. Aholi orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida yozuvlar 5-6 kun oldin paydo bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni qoldirgan fuqarolar  18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V. ekanligi aniqlangan.

Suhbat davomida B.I.ning ma’lum qilishicha, 2021-yilning mart oyida obuna bo‘lgan Telegram-kanalda ish haqida e’lon chiqqan. U noma’lum shaxs bilan telefon orqali bog‘lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo‘lgan yozuv matnini olgan. Shundan so‘ng B.I. tanishi I.V. bilan linoleumdan e’lon matnini qirqib, bo‘yoq ballonchasi yordamida uylarning devorlarida yozuv qoldirgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda giyohvand moddalar to‘g‘risida reklama vaqti-vaqti bilan Toshkentning turli tumanlarida paydo bo‘lmoqda. Asosan Chilonzor, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida bunday holatlar kuzatilayotgani aytilmoqda.

Shu sababli Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bilan birgalikda @stopnarko_bot Telegram-botini ishga tushirdi. Endilikda narkotik moddalar reklamasi haqida ushbu Telegram-bot orqali xabar berish mumkin.

Bundan avval Yakkasaroyda sigaretalarga giyohvand moddalar o‘rab olgan shaxs ushlangani, Toshkentda qariyb 100 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani hamda Farg‘onada uyida giyohvand modda saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi