Daryo

Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara postida talon-torojlik qilayotgan uyushgan guruh borligi aytilmoqda

IIV ushbu chegara posti atrofida bo‘layotgan ehtimoliy huquqbuzarliklar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish95 022 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda uyushgan guruh Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara postida talon-torojlik qilayotgani haqida xabar tarqaldi.

Unda aytilishicha, postdan chiqishda tashkil etilgan taksilar turargohida guruh vakillari fuqarolarni borar manziliga eltib qo‘yish uchun odatdagidan 6-7 baravar qimmat narxga kelishadi. Taksining haqiqiy egasi esa bu kelishuvga aralashmaydi, unda tanlov ham yo‘q. Aytilgan pul oldindan olinib, taksichiga xizmat haqi beriladi va qolgani guruh vakili cho‘ntagiga tushadi. Bu qoidaga bo‘ysunmagan taksichi yoki fuqarolar bo‘lsa, uyushgan holda kaltaklanadi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov holat yuzasidan munosabat bildirib, “G‘ishtko‘prik” chegara posti atrofida bo‘layotgan ehtimoliy huquqbuzarliklar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, faol fuqarolik pozitsiyasini namoyish etib, turli huquqbuzarliklar haqida ichki ishlar organlariga xabar berayotgan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorlik bildirdi.

“Shu o‘rinda fuqarolarimizga eslatib o‘tmoqchimiz, agar siz yoki yaqinlaringizning huquqlari poymol qilinsa yoki shunday bo‘lgan deb hisoblasangiz, darhol 102 qisqa raqamiga yoki eng yaqin ichki ishlar organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deydi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning boshlarida Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara-bojxona posti orqali o‘tish jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirishni bahona qilib, ulardan tovlamachilik yo‘li bilan pul undirib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgandi. 2019-yilda ham “Yallama” postida haydovchilar va tadbirkorlardan pora olib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilingandi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston chegarasida O‘zbekistonga o‘tish uchun pul undirgan bezorilar qo‘lga olindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar