Daryo

Andijonda xavfli manyovrlar qilgan Spark haydovchisiga bayonnoma tuzilib, avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi (video)

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz. Yo‘l – o‘yin maydoni emasligini unutmang!”, – deyiladi boshqarma xabarida

1 daqiqa o‘qish69 262 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqda Spark avtomobili haydovchisi turli xavfli manyovrlar bilan boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, 2021-yil 11-sentabr kuni “O‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib yurgan kim bo‘ldi?” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Spark avtomobili haydovchisi, 1994-yilda tug‘ilgan T.Q.ga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz. Yo‘l – o‘yin maydoni emasligini unutmang!”, – deyiladi boshqarma xabarida.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar