Daryo

Samarqandda “migalka” o‘rnatib harakatlangan Lacetti jarima maydonchasiga joylashtirildi

Haydovchiga nisbatan bayonnoma tuzilgan

1 daqiqa o‘qish27 328 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Samarqandda ko‘k va qizil rangli yalt-yalt yonuvchi chiroq-mayoqchalardan foydalangan Lacetti haydovchisiga chora ko‘rildi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqda Lacetti rusumli, 30 O141VA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi ko‘k va qizil rangli yalt-yalt yonuvchi chiroq-mayoqchalardan foydalangan holda harakatlanganligi aks etgan video keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Video Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ruxsat etilmagan bo‘lsa-da, 30 O141VA davlat raqam belgili Lacetti’ning old qismiga ko‘k va qizil rangli yalt-yalt yonuvchi chiroq-mayoqchalar o‘rnatganligi uchun haydovchi O.J.ga nisbatan bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Bundan avval Toshkent viloyatida YPX xodimi xizmat mashinasining mayoqchasini yoqib qo‘yib, shaxsiy maqsadda foydalanganiga izoh berilgani, Qashqadaryoda avtomobilni haydovchi ruxsatisiz jarima maydonchasiga haydab ketgani aytilgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani hamda internetda YPX xodimlarini gadoylarga tenglashtirib, ularni haqorat qilgan shaxs 12 mln so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar