Daryo

Surxondaryoda elektrovoz Howo yuk mashinasini urib ketdi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi telefonda gaplashib ketayotib, poyezd kelayotganini ko‘rmay qolgan

2 daqiqa o‘qish73 446 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida elektrovoz va yuk mashinasi to‘qnashdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr kuni soat 09:20 larda tumanning “Azlarsoy” MFY hududidan o‘tgan temiryo‘l kesishmasida fuqaro A.Y. boshqaruvidagi №0203-raqamli elektrovoz hamda haydovchi B.B. boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB
Foto: YHXBB matbuot xizmati

“Zamon.uz”ning yozishicha, qum ortilgan yuk mashinasi Toshg‘uzor—Boysun—Qumqo‘rg‘on temiryo‘lining 220 kilometrdagi temiryo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi telefonda gaplashib ketayotib poyezd kelayotganini ko‘rmay qolgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB

Hodisa joyiga tuman IIB tezkor tergov guruhi chiqib, voqea tafsilotlarini o‘rgangan va holat o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Transport prokuraturasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, holat yuzasidan viloyat IIBB transportda jamoat xavfsizligini taminlash bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Tekshirish jarayoni Transport prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

“Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli”ning bildirishicha, Howo yuk mashinasi kesishmadagi to‘xtash belgisiga, yonib turgan qizil chiroqqa qaramasdan yo‘l qoidasini buzishi oqibatida ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk poyezdiga kelib urilgan.

Oqibatda elektrovozning g‘ildirak juftligi izidan chiqib, poyezdlar harakatining to‘xtashiga olib kelgan. Zudlik bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida avariya holati bartaraf qilinib, 9-sentabr kuni soat 13:00 da poyezdlar harakati qayta tiklangan.

Qayd etilishicha, bu holat ayrim yo‘lovchi poyezdlarning o‘z manziliga harakat jadvalidan biroz kechikib borishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshlarida Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida “ZIL” yuk mashinasi haydovchisi teplovoz urib ketgandi. Svetofor chiroqlariga amal qilmasdan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 43 yoshli haydovchi hodisa oqibatida vafot etgandi.

Mavzuga doir: Namanganda poyezd va “ZIL” to‘qnashuvi oqibatida yuk mashina haydovchisi jiddiy jarohat oldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar