Daryo

Surxondaryoda “ZIL” yuk mashinasini teplovoz urib ketdi (video)

Oqibatda yuk mashina haydovchisi vafot etdi

1 daqiqa o‘qish120 778 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida “ZIL” yuk mashinasi haydovchisi teplovoz urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 7-avgust kuni soat 23:30 lar atrofida Sho‘rchi—Elbuloq temiryo‘l bekatlari oralig‘ida yuz bergan. “ZIL” yuk mashinasi rezerv teplovoz harakatlanib kelayotganini ko‘ra turib, temiryo‘l kesishmasidagi svetofor chiroqlariga amal qilmasdan, yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, ammo yaqinlashib qolgan teplovoz yuk mashinasini urib ketgan. Oqibatda “ZIL”dagi 43 yoshli haydovchi vafot etgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, u 10 yillik haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan, yuk mashinani esa ijaraga olib haydab kelayotgan bo‘lgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar