Daryo

O‘zbekiston yanvar–iyul oylarida xorijdan jami 258,3 mln dollarlik yengil avtomobil import qildi

Yengil avtomobillar importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan

1 daqiqa o‘qish32 790 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston 2021-yilning yanvar–iyul oylarida 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yengil avtomobillar importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.

2021-yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
  • Xitoy – 3 751 ta;
  • Koreya – 3 187 ta;
  • Rossiya – 2 589 ta;
  • Qozog‘iston – 1 330 ta;
  • Polsha – 386 ta;
  • Litva – 312 ta;
  • Tailand – 250 ta;
  • AQSH – 238 ta;
  • Germaniya – 70 ta;
  • Yaponiya – 56 ta.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning 7 oyida qiymati 7,7 million AQSh dollariga 432 ta elektromobil import qilingan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar