Daryo

UzAuto Motors Tojikiston bozoriga kirmoqda

Qo‘shni mamlakatda Spark, Cobalt, Nexia va Lacetti modellari sotuvga chiqqan

1 daqiqa o‘qish49 718 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

UzAuto Motors Tojikistonda to‘rtta Chevrolet modelini sotishni boshladi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qo‘shni mamlakatda sotuvga chiqqan modellar — Spark, Cobalt, Nexia va Lacetti.

Ma’lum bo‘lishicha, Lesinvest kompaniyaning rasmiy distribyutori sifatida Tojikistonda Chevrolet segmentatsiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi.

Kompaniya avtomobillarni raqobatbardosh narxlarda sotishni ta’minlash maqsadida dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish va Tojikiston banklari bilan hamkorlikda kredit dasturlarini ishga tushirishni rejalashtirgan.

“Shuningdek, Lesinvest Chevrolet avtomobillarining narxlar va sifat borasidagi raqobatbardosh ustunligi yordamida tojik bozorida uning savdolar hajmini oshirish va pozitsiyasini mustahkamlashni rejalashtirmoqda”, — deyiladi UzAuto Motors xabarida.

Shu bilan birga, ayni vaqtda O‘zbekistonda Chevrolet’ning mazkur modellarini xarid qilishga bo‘lgan navbat bir necha mingdan oshgan. UzAutoSavdo ma’lumotlariga ko‘ra, Lacetti’ni xarid qilish uchun navbatda turganlar soni 31 mingga, Cobalt uchun 11 mingga yetgan. Mavzuga doir:  Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki olti oyida 108 780 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 34 675 donaga kam. 2021-yilda deyarli barcha modellarni ishlab chiqarish qisqargan, ayniqsa, bu Spark’ga qattiq ta’sir ko‘rsatgan — ushbu modelni ishlab chiqarish qariyb 60 foizga tushib ketgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar