Daryo

O‘zbekiston 2021-yilning yetti oyi davomida 96,6 mln dollarlik avtomobil benzini import qilgan

Ta’kidlanishicha, avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga oshgan

1 daqiqa o‘qish21 186 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 96,6 million dollarga teng bo‘lgan 274,6 million litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
  • Rossiya – 136,5 million litr;
  • Turkmaniston – 116,3 million litr;
  • Qozog‘iston – 15,6 million litr.
Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar:
  • Toshkent shahri – 65,4 million dollar;
  • Farg‘ona viloyati – 11,6 million dollar;
  • Buxoro viloyati – 8,4 million dollar;
  • Namangan viloyati – 4,2 million dollar;
  • Samarqand viloyati – 3,6 million dollar;
  • Sirdaryo viloyati – 2,2 million dollar;
  • Toshkent viloyati – 752,9 ming dollar;
  • Xorazm viloyati – 293,6 ming dollar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 194,2 ming dollar;
  • Qashqadaryo viloyati – 69,0 ming dollar.
Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon ishlab chiqarilgan benzinning deyarli barchasi Buxoro viloyati hisobiga to‘g‘ri kelayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar