Daryo

O‘zbekistonga yana 1,5 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi

Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda

1 daqiqa o‘qish20 708 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonga 5-sentabr kuni Xitoydan yana 1,5 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 10-partiyasi bo‘lib, 3 million dozadan iborat avvalgi partiya 22-avgust kuni keltirilgandi. Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 19 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:
  • 460 000 dozasi “Sputnik V”,
  • 986 480 dozasi AstraZeneca,
  • 15 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda shu kunga qadar emlash jarayonlarida 15 004 856 doza vaksinadan foydalanildi. Koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar