Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Yuventus” 28-avgust, shanba kuni “Empoli” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Turinda kechgan o‘yin kutilmaganda mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Leonardo Mankuzoning 21-daqiqadagi goli yakunda bellashuv taqdirini hal qilib berdi.

Shu tariqa “Yuventus” Krishtianu Ronaldu jamoadan ketgandan keyingi ilk uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa 2-turdan keyin 1 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

28-avgust, shanba

2-tur bahslari

“Yuventus” – “Empoli” 0:1

Gol: 0:1 – 21 Mankuzo.

“Yuventus” – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Danilo, Rabyo (Bernardeski, 55), Bentankur (Lokatelli, 66), Makkenni (Morata, 46), Kuadrado (De Shilyo, 82), Dibala, Keza (Kulusevski, 66).

“Empoli” – Vikario, Stoyanovich, Luperto, Ismayli, Markitssa, Xaas, Bandinelli (Jurkovski, 80), Bayrami (Shtulats, 70), Richchi, Mankuzo (Pinamonti, 73), Kutrone (Henderson, 80).

“Latsio” – “Spetsiya” 6:1

Gollar: 0:1 – 4 Verde, 1:1 – 5 Immobile, 2:1 – 15 Immobile, 3:1 – 45 Immobile, 4:1 – 47 Felipe Anderson, 5:1 – 70 Hyusay, 6:1 – 85 Luis Alberto.

Atalanta – Bolonya 0:0

“Fiorentina” – “Torino” 2:1

Gollar: 1:0 – 41 Gonsales, 2:0 – 69 Vlaxovich, 2:1 – 89 Verdi.