Daryo

Peruda avtobus jarlikka qulab tushdi, 15 kishi halok bo‘ldi

Avtobusda Las Bambas mis konining ishchilari bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish30 206 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EFE

Perudagi And tog‘larida avtobus jarlikka qulab tushdi. Oqibatda 15 kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi.

Foto: EFE

Hodisa Apurimak hududidagi Kotabambas provinsiyasida sodir bo‘lgan. Avtobusda Las Bambas mis konining ishchilari bor edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jarlikning chuqurligi taxminan 200 metrni tashkil qiladi.

May o‘rtasida Pokiston sharqida mikroavtobus kanalga qulab tushib, oqibatda 11 kishi, jumladan, 7 nafar bola halok bo‘lgandi. Keyinroq Pokiston shimoli-sharqida yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda kamida 27 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohat olgan.

Shuningdek, AQShdagi sirpanchiq trassada 130 ga yaqin mashina to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘lgani, Ganada avtobuslar to‘qnashuvi oqibatida 17 nafar odam halok bo‘lgani hamda Kamerunda yuk mashinasi va avtobus ishtirokidagi YTHda 50 dan ortiq odam yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar