Daryo

Kamerunda yuk mashinasi va avtobus ishtirokidagi YTHda 50 dan ortiq odam yonib ketdi

Shuningdek, 29 kishi jarohat olgan

1 daqiqa o‘qish49 668 ko‘rishlar0 izoh0

Kamerunning Jang shahri yaqinida avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkala transport vositasi ham yonib ketgan. Bu haqda Journal du Cameroun mahalliy nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea 27-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan, taxminan, soat 03:00 da sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi yoqilg‘i olib ketayotgan bo‘lgan. U shaharlararo avtobus bilan to‘qnashgandan so‘ng, ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.

YTH oqibatida 53 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jarohat olgan.

Avvalroq Xarkovdagi qariyalar uyida yong‘in oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani hamda Belarusda Nokia 3310’ning yonib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi kuyish jarohatini olgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar