Daryo

AQShdagi sirpanchiq trassada 130 ga yaqin mashina to‘qnashib, 6 kishi halok bo‘ldi (video)

Voqea magistral yo‘lni muz qoplashi oqibatida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish110 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNN

AQShning Texas shtati shimoli-sharqidagi Fort-Uert shahridan o‘tuvchi trassada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kamida 130 ta mashina to‘qnashdi. Halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi va yana 36 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizildi. Bu haqda CNN ma’lumotiga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: CNN

Xabarga ko‘ra voqea magistral yo‘lni muz qoplashi oqibatida sodir bo‘lgan. Yirik avtohalokat yuz bergan trassa ikki tomonga ham to‘sib qo‘yilgan.

Tez yordam xizmatining xabar berishicha, bir necha jabrlanganlar og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Yong‘in xizmati boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, avariyaga uchragan fuqarolarning aksariyati qutqarilib, evakuatsiya qilingan. Mutaxassislar har bir mashinada odam bor yoki yo‘qligini tekshirib chiqqan.

https://twitter.com/NorthTXWeather/status/1359865986900451330?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1359865986900451330%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fkorrespondent.net%2Fworld%2F4326579-v-ssha-vozroslo-chyslo-zhertv-massovoho-dtp-v-kotorom-stolknulos-130-mashyn

https://twitter.com/FortWorthFire/status/1359950530727063558?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1359950530727063558%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fkorrespondent.net%2Fworld%2F4326579-v-ssha-vozroslo-chyslo-zhertv-massovoho-dtp-v-kotorom-stolknulos-130-mashyn

https://twitter.com/NBCDFW/status/1359920183607914497?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1359920183607914497%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fkorrespondent.net%2Fworld%2F4326524-v-ssha-na-skolzkoi-dorohe-stolknulys-sotny-avtomobylei

https://twitter.com/LarryNBC5/status/1359923375725039627?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1359923375725039627%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fkorrespondent.net%2Fworld%2F4326524-v-ssha-na-skolzkoi-dorohe-stolknulys-sotny-avtomobylei

NBC telekanalining xabar berishicha, ob-havo sharoiti tufayli yirik yo‘l-transport hodisalari shtatning boshqa hududlarida ham sodir bo‘lgan. Ularda kamida uch kishi halok bo‘lgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar