Daryo

“O‘ztransgaz” rahbari Ulug‘bek Saidov lavozimidan ozod etildi

Bu lavozimda uning o‘rniga energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Behzod Normatov tayinlandi

1 daqiqa o‘qish68 413 ko‘rishlar0 izoh1

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Saidov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar qildi.

Ulug‘bek Sayidov.Foto: XPK

Bu lavozimda uning o‘rniga energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Behzod Normatov tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Saidov “O‘ztransgaz” kompaniyasini 2019-yil iyulidan boshqarib kelayotgandi.

Bundan avval O‘zbekiston davlat soliq organlari tizimida qator tayinlovlar amalga oshirilgani, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlangani hamda O‘zbekiston Strategik rivojlanish agentligiga bosh direktor tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar