Daryo

O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yilidan darslar qanday shaklda davom etishi ma’lum qilindi

Maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab ayrim maktablar karantinga yopilib, masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish123 200 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Chegara bilmas shifokorlar”

Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021/2022-o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga asosan mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib, masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.

“Bunday holatlarda o‘quvchilar ta’limni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi. O‘quvchining masofadan ta’lim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali ‘Onlayn maktab’ loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.

Shu o‘rinda Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’limning to‘liq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlaridan tezroq vaksina olishlarini so‘rab qoladi. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi ham bevosita maktabdagi ta’lim o‘rnini bosa olmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 100 dan ortiq maktablarda “Xavfsiz maktab” tizimi joriy etildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar