Daryo

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi viza berishni noma’lum muddatga to‘xtatdi

Germaniya ayni paytda yevropalik va afg‘onistonlik fuqarolarni Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali evakuatsiya qilishda davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish31 376 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi viza berish noma’lum muddatga to‘xtatilganini ma’lum qildi. Elchixona buni “tashqi siyosatdagi maxsus vaziyat” bilan izohlagan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

22-avgust kuni e’lon qilingan xabarda aytilishicha, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida, ayniqsa, viza olish uchun tayinlangan qabullar ​​shu vaqtdan e’tiboran kuchga kirishi bilan bekor qilinadi.

“Yangi vizaga yozilish vaqtlari haqida, hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi. So‘rovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz. Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi”, — deyiladi elchixona xabarida.

Germaniya ayni paytda yevropalik va afg‘onistonlik fuqarolarni Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali evakuatsiya qilishda davom etmoqda. Buning uchun O‘zbekiston alohida terminal ajratdi.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20-avgustga kelib O‘zbekiston orqali 2000 ga yaqin xorijiy fuqaro Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar