O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar—iyun oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarildi, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 72,5 foizga kam demak.
Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar—iyun oylarida):
- 2019-yil — 602 dona;
- 2020-yil — 630 dona;
- 2021-yil — 173 dona.
Shuningdek, 2021-yilning yanvar—iyun oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 383 dona kultivator ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 43,1 foizga kamaygan.
Avvalroq mamlakatda yanvar—iyun oylarida jami 1855 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgani va yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgani to‘g‘risida
xabar berilgandi.
Mavzuga doir: