Daryo

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik bitimi tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev bitimni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

1 daqiqa o‘qish39 716 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qaror bilan 2020-yil 27-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida harbiy-moliyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda moliyaviy ko‘makni amalga oshirish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.

Mudofaa vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul organ etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki hujjat 2020-yil 27-oktabrda Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning Toshkentga tashrifi chog‘ida imzolangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Turkiya maxsus xizmatlari hamkorligi: xalqaro qidiruvdagi fuqarolar ekstraditsiya qilinishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar