Daryo

O‘zbekistondagi OTMlarda o‘qiyotgan talabalarning necha foizi qizlar ekani ma’lum bo‘ldi

Mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan jami talabalar soni 571,5 ming nafarni tashkil qilmoqda

1 daqiqa o‘qish34 510 ko‘rishlar0 izoh0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etib, ularda 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tahsil olayotgan jami talabalardan 260 ming nafari — 45 foizini qizlar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili qabulidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti ajratildi.

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab esa bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat OTMga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat OTM hisobidan o‘qitish tartibi joriy etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar