Daryo

Urganch avtovokzali uchun 1,5 mlrd so‘m taklif qilinmoqda

Binolarning egallagan umumiy maydoni 682,42 kvadrat metrni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish55 410 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: E-auksion

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi “Urganchavtoshohbekat” MChJ tarkibidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvga qo‘ydi, deb xabar beradi Spot.

Foto: E-auksion

Ta’kidlash kerakki, “Urganchavtoshohbekat” 2021-yilning aprelida sotuvga qo‘yilgan edi, hozirga kelib esa arizalarni qabul qilish muddati 23-avgustgacha uzaytirilgan.

Bino va inshootlar uchun boshlang‘ich narx qariyb 1,5 milliard so‘m etib belgilangan. Hozirda 1 milliard 528 million so‘m taklif qilgan da’vogar mavjud.

Binolarning egallagan umumiy maydoni 682,42 kvadrat metrni tashkil etadi. Ustav kapitali miqdori salkam 3 milliard so‘m. Tenderda g‘olib chiqqan shaxs 20 yil davomida avtoshohbekat va yo‘lovchi tashish faoliyatini ta’minlab berishi kerak.

Bino Xorazm viloyati Urganch shahri Yoshlik ko‘chasida joylashgan.

Avvalroq Shanxay jamg‘armasi Toshkent yog‘-moy kombinatining bir qismiga da’vogarlik qilayotgani, Chorvoqdagi oromgohlardan biri auksion orqali 14,4 mlrd so‘mga sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar