Daryo

“Yevrosement” kompaniyasi “Ohangaronsement”dagi aksiyalarini sotuvga qo‘ydi

Kompaniyaning 84,19 foiz aksiyasi bitta lot ostida sotilmoqda

1 daqiqa o‘qish41 952 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook / Eurocement

Dunyoning eng yirik sement kompaniyalari o‘ntaligiga kiruvchi “Yevrosement” “Ohangaronsement”dagi o‘z aksiyalarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Toshkent” fond birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: Facebook

Kompaniya kelishilgan kimoshdi savdosi rejimida o‘tkaziladigan birja bitimini e’lon qilgan. Gap bitta aksiyasi 103 593 so‘mdan bo‘lgan 4 141 108 ta oddiy ro‘yxatdan o‘tgan, nomulkiy aksiyalar haqida ketmoqda. Bu xoldingning kompaniyadagi butun 84,19 foiz ulushi hisoblanadi.

Aksiyalar bitta lot ostida sotilmoqda. Agarda bitim mazkur sharoitlar asosida o‘tkazilsa, uning umumiy qiymati 420 milliard so‘mdan ortadi.

“Yevrosement” kompaniyasi MDHda eng yirik sement ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi (sement, beton, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaradigan 19 ta zavodga ega). Avvalroq Rossiyaning “Sberbank” banki “Yevrosement”ni auksion orqali sotuvga qo‘ygan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi ikkita sement zavodi gaz bosimi pasayishi sabab mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar