Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Soyliq” oromgohi auksion orqali sotildi. Bu haqda E-auksion matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: E-auksion

Foto: E-auksion

“Kichiksoy” MFYda hududidagi 5,9 gektar maydonning 3525 kvadrat metrini bino va inshootlar egallagan oromgoh uchun boshlang‘ich narx 14,2 milliard so‘m deb belgilangan edi.

Oromgoh auksion natijalariga ko‘ra, 14,4 milliard so‘mga Meridian Tempo MChJga sotilgan.

1980-yilda qurilgan oromgoh hozirda xizmat ko‘rsatmaydi, shu sababli auksionda g‘olib chiqqan shaxs oromgoh maydonida turistik xizmat ko‘rsatish majmuasi, shuningdek, kamida 3 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatilgan.

Avvalroq Samarqanddagi Afrosiyob Palace mehmonxonasi 43,4 milliard so‘mga sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...