Daryo

O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlari oshiriladi

14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi

1 daqiqa o‘qish76 100 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Prezident Shavkat Mirziyoyev kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha farmon imzoladi.

Farmon bilan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab amalda bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi.

Bunda, ushbu nafaqani tayinlashda:
  • bolalar yoshi me’yori 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
  • to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi;
  • nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi;
  • farzandi bo‘lmagan yoki farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi yangi miqdorlari belgilanmoqda. Bolalar nafaqasi oilaning:
  • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 250 000 so‘m (+56 000 so‘m);
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 325 000 so‘m (+131 000 so‘m);
  • ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 150 000 so‘m (+186 000 so‘m);
  • uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 000 so‘mdan (amaldagi 190 ming so‘mdan 290 ming so‘mgacha ko‘p);
  • moddiy yordamning miqdori – 380 000 so‘m.
Bundan avval Qashqadaryoda muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan oilalarga 1 milliard 158 mln so‘m ajratilgani, O‘zbekistondagi vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarga 18 yoshga to‘lguniga qadar mahalliy budjetdan 1,2 mln so‘mdan to‘lanishi hamda O‘zbekistonda avgust oyida “temir daftar”dagi oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga 500 ming so‘mdan berilishi haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar