Daryo

Keyt Middltonning suratlari London muzeyida namoyish etildi

2020-yilning qishida Kembrij gersoginyasi Xolokostni boshidan o‘tkazgan insonlarni suratga olgan edi

1 daqiqa o‘qish74 602 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge

Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton tomonidan olingan suratlar Londondagi Qirollik harbiy muzeyi ekspozitsiyasidan o‘rin oldi. Bu boradagi tegishli ma’lumot gersoglarning Instagram’dagi sahifasida paydo bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge

Ta’kidlash kerakki, Keyt Middlton anchadan buyon suratkashlik bilan shug‘ullanib keladi. Uning obyektividan faqatgina qarindoshlari o‘rin olmaydi. Masalan, 2020-yilning qishida u Xolokostni boshidan o‘tkazgan insonlarni suratga olgan edi. Aynan ushbu suratlar ekspozitsiyaga taqdim etilgan.

“Londondagi Qirollik harbiy muzeyining Xolokostni boshdan kechirganlarning 50 dan ortiq portreti o‘rin olgan yangi ko‘rgazmasini bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf”, — deydi Middlton.

Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge

Shu bilan birga, xabarda ta’kidlanishicha, ushbu tasvirlar Xolokostdan omon qolgan insonlar va ularning oilalarini yosh avlodlari o‘rtasidagi alohida aloqani aks ettiradi, shuningdek, bu dahshatli qayg‘uni eslab qolish uchun jamoaviy javobgarlikni eslatadi.

Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge
Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge
Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge
Foto: Instagram / Duke and Duchess of Cambridge
Avvalroq “Garri va Megan: saroydan qochish” filmining treyleri taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Amerikalik ayol Keyt Middlton kabi kiyinish uchun 30 ming dollar sarfladi (foto)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.