Daryo

“Garri va Megan: saroydan qochish” filmining treyleri taqdim etildi

Filmda Megan Markl rolini amerikalik aktrisa Sidni Morton, shahzoda Garrini esa Jordan Din ijro etgan

1 daqiqa o‘qish46 736 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube / Lifetime

Lifetime telekanali Sasseks gersogi va gersoginiyasining tarixi haqida so‘zlovchi “Garri va Megan: saroydan qochish” nomli filmining treylerini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Kadr: YouTube / @Lifetime

Ta’kidlanishicha, Megan Markl rolini amerikalik aktrisa Sidni Morton, shahzoda Garrini esa Jordan Din ijro etgan.

Ulardan tashqari, shuningdek, filmda shahzoda Uilyam (Jordan Uelen ijrosida) uning rafiqasi Keyt Middlton (Laura Mitchell ijrosida) ham ko‘rinish beradi.

Film sujeti Garri va Meganning qirollik oilasidan ketishiga bog‘liq mojaroli voqeaga asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl 2020-yilning 31-martida rasman qirollik maqomidan mahrum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Shahzoda Garri Megan Markl bilan birgalikdagi Netflix uchun birinchi loyihasini e’lon qildi

Avvalroq Britaniya qirollik oilasining xizmatchilari shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni tazyiq o‘tkazish va tahqirlashda ayblagan edi. Unga javoban Markl bunday “hujum”dan “xafa bo‘lganini” ma’lum qilgan.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar