Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari ham issiq ob-havo saqlanib qoladi

Faqat respublikaning tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar kuzatiladi

1 daqiqa o‘qish58 832 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston hududining katta qismida 6-avgust kuni quruq va nisbatan issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Faqat eng chekka sharqiy hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishi ehtimoli hali ham saqlanib turadi, buning natijasida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

Havo kunduz kunlari 35-39 darajagacha isiydi. Qayd etilishicha, bu ushbu kun haroratining me’yoriy qiymatlaridan 3-4 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlarida tekislik hududlari bo‘yicha quruq issiq saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar kuzatiladi. Havo harorati kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 35-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42 darajagacha atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 6—8 avgust kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Mavzuga doir: Farg‘onada sel kelishi oqibatida ko‘prikka zarar yetdi (video)

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar