Daryo

Farg‘onada yana sel kelishi oqibatda avtomobil yo‘li loyqaga to‘lib qoldi

Sel Rishton—So‘x avtomobil yo‘lining 80 metr qismini loyqa oqiziqlari bilan to‘lib qolishiga sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish78 997 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / Uzb_Meteo

Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga 6-avgust kuni qo‘shni Qirg‘izistondan yana sel keldi.

Foto: Telegram / Uzb_Meteo

Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar kanalining yozishicha, sel Tul qishloq hududlaridan oqib o‘tuvchi “Malbutsoy” o‘ng qirg‘oq sel o‘zaniga kelgan.

Oqibatda Rishton—So‘x avtomobil yo‘lining 80 metr qismini loyqa oqiziqlari bilan to‘lib qolishiga sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, hozirda avtomobil yo‘lida yig‘ilib qolgan loyqa oqiziqlari tozalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Hushyor” sel o‘zaniga qo‘shni Qirg‘izistondan sel kelgandi. Oqibatda tumandagi ichki yo‘lni bir-biri bilan bog‘laydigan ko‘prikka zarar yetgandi.

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi 6—8-avgust kunlari ham saqlanib qoladi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” 7-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar