Daryo

Xodimini “mol”, “eshak” deya haqoratlagan qashqadaryolik mansabdor ogohlantirish oldi

Ta’kidlanishicha, bu holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev rahbarligida muhokama qilingan

1 daqiqa o‘qish55 464 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov xodimi — Koson tuman moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Safarovni “eshak”, “mol” deya haqorat qilgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev rahbarligida muhokama qilingan. Va ish faoliyatida xodimlariga nisbatan odob-axloq normalariga amal qilmagan holda, ularni haqorat qilgan viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov qat’iy ogohlantirilgan. “Shuningdek, bu kabi holatlarning viloyatdagi boshqa tashkilot rahbarlari ish faoliyatida ham qaytarilishining oldini olish maqsadida, rahbarlar mas’uliyatini oshirish maqsadida, viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov ishini ko‘rib chiqish yuzasidan Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritildi. Viloyat hokimligi kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida viloyat tashkilotlarining barcha rahbarlari bilan xodimlar, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatda odob-axloq normalariga rioya qilish to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkaziladigan bo‘ldi”, — deydi Ahror Sodiqov. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar