Daryo

Qashqadaryoda bemorni haqoratlagan shifokor o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shadi

Ma’lum qilinishicha, bemor bilan tortishgan shifokor tumanda yetishmayotgan shifokorlar o‘rnini to‘ldirish maqsadida xususiy klinikadan birlashmaning tez tibbiy yordam bo‘limi Nuriston shoxobchasiga ishga jalb qilingan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish57 650 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida tez tibbiy yordam shifokori yoniga najot istab borgan bemorni uning xatti-harakatiga javoban tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratladi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamovning “Daryo”ga xabar berishicha, ushbu voqea sabab shifokor ishdan ketgan.

Ma’lum qilinishicha, Nishon tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi Nuriston shoxobchasi navbatchi vrachi B.H. bemor M.R. bilan ish paytida tortishib qolib, bemorning “erkakmisan, chiq buyoqqa”, deya aytgan so‘zlariga javoban uni haqorat qilgan.

Nuriddin Egamovning aytishicha, tuman tibbiyot birlashmasining 19-maydagi buyrug‘iga asosan navbatchi vrach B.H. Mehnat kodeksining 99-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ya’ni o‘zining tashabbusi bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Nishon tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Ikrom Bozorovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, bemor bilan tortishgan shifokor tumanda yetishmayotgan shifokorlar o‘rnini to‘ldirish maqsadida xususiy klinikadan birlashmaning tez tibbiy yordam bo‘limi Nuriston shoxobchasiga ishga jalb qilingan bo‘lib, voqea yuz bergan kuni o‘z xohishi bilan bo‘shash haqida ariza yozgan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining qo‘shimcha ma’lumot berishicha, viloyatda davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan vrachlar uchun 8418,75 shtat birligi ajratilgan. Ayni paytda 7372,0 shtatda 4980 nafar vrach faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda 1046,25 shtat birligida vakant o‘rinlar mavjud. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar