Daryo

Toshkentning Sebzor ko‘chasida mikroavtobus yondi (foto)

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish101 160 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Exo Uzbekistana”

28-avgust kuni soat 16:55 atrofida Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasida “Mirkamol Trans Servis” MChJga tegishli “Gazel” mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Exo Uzbekistana”

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Alangalanish payti texnik ta’mir uchun olib ketilayotgan mikroavtobus salonida faqat 39 yoshli haydovchi Umidjon R. bo‘lgan.

Yong‘in kelib chiqishiga avtomobil elektr tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.