“Daryo” internet-nashri tomonidan Telegram platformasida o‘tkazilayotgan “Yangiliklarni o‘qing va sovg‘alarga ega bo‘ling!” tanlovining so‘nggi g‘olibi nomi ma’lum bo‘ldi. Oxirgi sovrin — iPhone 12 smartfoni namanganlik Mansurjon Abdullayevga nasib qildi.

“Yangiliklarni o‘qing va sovg‘alarga ega bo‘ling!” tanlovi 7-iyun kuni boshlangan bo‘lib, besh hafta, ya’ni 12-iyulga qadar davom etdi.

Ilk to‘rt hafta davomida tanlov ishtirokchilari orasidan iPhone 12 smartfonining baxtli sohiblari tasodifiy tanlash yo‘li bilan (Random.org xizmati orqali) aniqlandi (Avvalgi uchta iPhone 12 smartfonini Nurlan Sitayev, Azamat To‘rayev, Rustamjon Shakramov yutib olgan edi).

So‘nggi, beshinchi haftada bosh sovrin — MacBook Air noutbuki o‘ynaladi. Dastlabki to‘rt haftada iPhone’ni qo‘lga kiritganlar yakunda MacBook’ga ham da’vogarlik qila oladi!

“Daryo” internet-nashrining Telegram’dagi kanaliga obuna bo‘lishni unutmang!

Oxirgi iPhone 12 smartfonini yutib olgan Mansurjon Abdullayev:

Men “Daryo” internet-nashrida berib boriladigan xabarlarni muntazam o‘qib boraman va, albatta, tashkil qilingan ushbu tanlovda ham ishtirok etdim. Omad kulib boqib, iPhone 12’ning g‘olibiga aylandim. “Daryo”ga katta rahmat! Ushbu internet-nashrining faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qolaman.