“Daryo” internet-nashri tomonidan Telegram platformasida o‘tkazilayotgan “Yangiliklarni o‘qing va sovg‘alarga ega bo‘ling!” tanlovining birinchi g‘olibi nomi ma’lum bo‘ldi. Birinchi hafta g‘olibiga aylangan nukuslik Nurlan Sitayevga sovrin — iPhone 12 smartfoni topshirildi.

“Yangiliklarni o‘qing va sovg‘alarga ega bo‘ling!” tanlovi 7-iyun kuni boshlangan bo‘lib, besh hafta — 12-iyulga qadar davom etadi. Shartlar oddiy — tanlov uchun maxsus ishlab chiqilgan @daryo_konkurs_bot Telegram-botiga ulanish va “Daryo” internet-nashrining Telegram’dagi @daryo kanaliga obuna bo‘lish kifoya.

Ilk to‘rt hafta davomida tanlov ishtirokchilari orasidan iPhone 12 smartfonining baxtli sohiblari tasodifiy tanlash yo‘li bilan (Random.org xizmati orqali) aniqlanadi. So‘nggi, beshinchi haftada esa bosh sovrin — MacBook Air noutbuki o‘ynaladi. Dastlabki to‘rt haftada iPhone’ni qo‘lga kiritganlar yakunda MacBook’ga ham da’vogarlik qila oladi!

Tanlov shartlari bilan to‘liq bu yerda tanishish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi kanaliga obuna bo‘lib, “Yangiliklarni o‘qing va sovg‘alarga ega bo‘ling!” tanlovida qatnashing hamda iPhone 12 smartfoni yoki MacBook Air noutbuki egasiga aylaning!

Birinchi hafta g‘olibiga aylangan nukuslik Nurlan Sitayev:

“Daryo”ni 7-8 yildan beri kuzatib boraman. Tanlov haqiqatan ham haqiqiy, ishonchli ekan. Unda ishtirok etganimdan va iPhone 12 yutib olganimdan juda xursandman! Ushbu smartfonni qizimga sovg‘a qilish niyatidaman.