Daryo

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi 31 ta viloyatda komendantlik soati e’lon qildi

Qayd etilishicha, mazkur cheklovlar Kobul, Nangarxar va Panjsher viloyatlariga taalluqli emas

1 daqiqa o‘qish47 400 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Ariana News

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi 34 ta viloyatning 31 tasida komendantlik soati e’lon qildi. Bu haqda Afg‘oniston islom respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining o‘rinbosari Ahmad Ziyo Ziyoning so‘zlariga tayanib, Ariana News xabar tarqatgan.

Foto: Ariana News

“Komendantlik soati 31 ta viloyatda ‘Tolibon’ vakillarining harakatlanishini cheklash maqsadida joriy qilindi. Cheklovlar har kuni soat 22:00 dan amal qilishni boshlaydi va 04:00 da yakunlanadi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur cheklovlar Kobul, Nangarxar va Panjsher viloyatlariga taalluqli emas.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi bergan xabarga ko‘ra, oxirgi bir necha sutka davomida Lagman, Nangarxar, Nuriston, Kunar, G‘azni, Hirot, Balx, Jauzjon, G‘ilmon, Qandahor, Paktiya, Qunduz va Kapisa viloyatlarida jangari harakatlar olib borilgan.

Vazirlik bergan axborot bo‘yicha 24 soat davomida Afg‘oniston hukumat kuchlari tomonidan jami 262 nafar jangari yo‘q qilingan.

Mavzuga doir: “Tolibon” va dunyo: kim kimga kerak?

Avval AQSh Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 millard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishi xabar qilingandi.

23-iyulda “Tolibon” Ashraf G‘ani hukumati iste’foga chiqsagina, o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini ma’lum qilgan, undan oldin 15-iyulda Afg‘oniston prezidenti uch oy ichida “Tolibon” ustidan g‘alaba qozonishi haqida va’da bergandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar