Daryo

Qoraqalpog‘istonda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, Isuzu avtobusi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish41 340 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Qoraqalpog‘istonda avtobus hamda yuk avtomobili to‘qnashuvi natijasida ikki nafar fuqaro vafot etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Kegeyli tumanidan Nukus shahri tomon harakatlangan Isuzu avtobusiga Chimboy tumanidan aylanma yo‘l orqali harakatlangan “GAZ-5312” yuk mashinasi kelib urilgan.

Qoralqapog‘iston Respublikasi IIV YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Sulaymon Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, YTH oqibatida bir kishida voqea joyida vafot etgan, ikki kishi esa shifoxonaga yotiqizilgan. Ta’kidlanishicha, avtobusning ikkinchi yo‘lovchisi ham tuman shifoxonasida vafot etgan.

Avariyaga uchragan transport vositalarining holati o‘rganilganda yuk mashinasi qayta jihozlangani, mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan.

Avvalroq Namanganda Damas haydovchisi MAN yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida halok bo‘lgani, Surxondaryoda qarama-qarshi yo‘nalishdagi “KamAZ” bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etgani, Navoiyda Cobalt yuk mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi va uning otasi voqea joyida halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar