Daryo

Urgutdagi gaz quyish shoxobchasida “ZIL” portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida haydovchi va gaz quyish shoxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida vafot etgan

1 daqiqa o‘qish114 974 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyati Urgut tumanida suyultirilgan gaz ortgan yuk mashinasi portlab ketdi, deya xabar qildi viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Ma’lum qilinishicha, 14-iyun kuni soat 17:40 lar atrofida fuqaro A. boshqaruvida bo‘lgan, suyultirilgan gaz tashuvchi “ZIL-138 GBA SNG” rusumli avtomashina Urgut tumanining “Kenagas” mahallasi hududida joylashgan suyultirilgan gaz quyish shoxobchasiga gaz tushirayotgan vaqtida portlab ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi va gaz quyish shoxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida vafot etgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Samarqandda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgani, Farg‘onadagi gaz “zapravka”da “Jiguli” portlagani hamda Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar