Daryo

Toshkentda sobiq “TAPOiCh” yonidagi uch qavatli ko‘prikdan Matiz tushib ketdi

Oqibatda haydovchi tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish57 271 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkentning Yashnobod tumani, Ohangaron shohko‘chasidagi uch qavatli ko‘prikdan Matiz yo‘lning qatnov qismiga tushib ketdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

YXHBB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 4-iyul kuni soat 18:00 larda yuz began. 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi U.N. Matiz’ni haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan va ko‘prik chetidagi to‘siqqa urilib, pastdagi qatnov qismiga tushib ketgan.

Oqibatda haydovchi tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi Nexia pastlikka tushib ketishi oqibatida mashina ichida bo‘lgan 17 yoshli qiz voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda besh oy ichida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 770 kishi halok bo‘ldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar