Daryo

O‘zbekistonda 5-iyul kuni 46 darajagacha issiq bo‘ladi

Respublikaning tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

2 daqiqa o‘qish58 743 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” 5-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24—26 daraja iliq, kunduzi 39—41 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 24—29 daraja iliq, kunduzi 39—44 daraja issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 24—29 daraja iliq, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 36—41 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 23—28 daraja iliq, kunduzi 39—44 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo  biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kushayishi mumkin. Harorat kechasi 14—19 daraja iliq, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 6—8-iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5—8 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 41—43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44—46 darajagacha isiydi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” ob-havo ma’lumotlariga ishonchsizlik bildirganlarga rasmiy bayonot bilan chiqdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar