Daryo

“O‘zgidromet” ob-havo ma’lumotlariga ishonchsizlik bildirganlarga rasmiy bayonot bilan chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat kishilar ob-havo ma’lumotlariga ishonmasligini, harorat kamida 54 daraja issiqligini bildirgan

1 daqiqa o‘qish98 912 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” 3-iyul kuni 44 darajagacha issiq bo‘lishini ma’lum qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Ob-havo ma’lumotlariga kim ishonadi?” degan savollar tarqaldi. Foydalanuvchilarning aksariyati bunga ishonmasligini bildirib, harorat kamida 54 daraja issiq, degan fikrga qo‘shilgan. “O‘zgidromet” e’lon qilinayotgan ob-havo ma’lumotlariga ishonchsizlik bildirganlarga rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 150-yildan buyon havo harorati Selyaninov budkasi ichiga o‘rnatilgan termometr ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Havo harorati 2 metr yuqoriga o‘rnatilgan taxtali quticha ichidagi termometr ko‘rsatkichlari yordamida o‘lchanadi. Bu quticha “psixrometrik budka” yoki “meteorologik budka” ham deyiladi.

Budka 1,75 metrli qo‘zg‘almas, mustahkam temir tayanchlari ustiga o‘rnatiladi. Budka ichida vertikal ko‘rinishdagi termometr (TM-4) lar havo harorati qiymatini ko‘rsatsa, gorizontal holatdagi termometr (TM-1 va TM-2) lar sutka davomida kuzatilgan maksimal va minimal havo harorati qiymatlarini qayd etadi. Ba’zan budka ichiga havo nisbiy namligi o‘zgarishini aniqlab boruvchi uskuna ham joylashtiriladi.

“Yoz oylarida havo haroratining inson o‘rtacha tana harorati (+36,6℃) dan yuqorilab ketishi kishilarda ob-havo xizmatlari berayotgan yoki prognoz qilayotgan havo harorati qiymatlarida shubhali raqamlar ko‘rsatayotgandek ishonqiramaslikni yuzaga keltiradi.

Havo harorati  bu aynan 2 metr yuqoridagi atmosferadagi havoning haroratidir. Qandaydir devorga ilingan yoki asfalt, temir darvoza ustidagi termometrdagi ko‘rsatkich emas. Ular ko‘rsatgan qiymat havo haroratini bermaydi. Qizib turgan qandaydir jism sirtidagi haroratni ko‘rsatadi. Havo harorati tushunchasi to‘g‘risida boshqa o‘lchovlar bilan chalg‘imaslik va yanglish fikrlar yuritmaslik lozim”, — deyiladi “O‘zgidromet” bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” havo harorati 2 metr balandlikda va soyada o‘lchanishi, quyoshli va undan qizigan joylarda harorat undan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini avval ham ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar