Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi

Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish41 126 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,95 so‘mga ko‘tarilib, 10 613,54 so‘mni tashkil qildi. Yevro 3,20 so‘mga pastlab, 12 548,39 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 3,41 so‘mga pastlab, 10 587,59 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi.

Mavzuga doir: Markaziy bank O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori va uning o‘sishi sabablarini ma’lum qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar