Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari anomal issiq saqlanib qoladi

Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 38-41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44 darajagacha issiq atrofida bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish49 242 ko‘rishlar0 izoh0

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda iyul oyining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimlarining kirib kelishi bilan bog‘liqdir, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2-iyul, juma kuni respublikamizning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Dam olish kunlarida esa issiq va quruq ob-havo sharoiti saqlanib qoladi, havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 38-41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44 darajagacha issiq atrofida bo‘ladi. Shamolning 15-20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi saqlanib qoladi.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” hafta davomida yana issiq va quruq ob-havo bo‘lishini ma’lum qilgandi, kelasi hafta esa 46 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 3-iyul kuni 44 darajagacha issiq bo‘ladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar