Daryo

O‘zbekistonda hafta davomida yana issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Havo harorati kunduz kunlari 38-41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43 darajagacha issiq bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish49 970 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston hududiga 28-iyundan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hafta davomida mamlakat bo‘yicha, asosan, kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul bo‘ladi.

Havo harorati kechalari 22-25 daraja, kunduz kunlari 38-41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43 darajagacha issiq bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri, iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga ko‘p. Biroq O‘rta Osiyo iqlimi uchun, ayniqsa, so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 26—27-iyun kunlari Erondan issiq havo kirib kelishi boshlangandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar