Daryo

Samarqandlik yigit sevgan qizi, uning singlisi, opasi va onasini pichoqladi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qishloqda yashovchi yigitga sevgan qizining akalari tomonidan bir oy davomida kuch ishlatib kelingan

1 daqiqa o‘qish104 840 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Jarboshi qishlog‘ida yashovchi yigit bir oilaning to‘rt nafar a’zosini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur qishloqda yashovchi yigitga sevgan qizining akalari tomonidan bir oy davomida kuch ishlatib kelingan. Buning evaziga esa yigit qizning uyiga borib, qizning o‘zini, singlisini, opasi va onasini pichoqlagan. Yigit jinoiy harakatidan so‘ng o‘z joniga ham qasd qilgan.

Pichoqlangani to‘rt nafar fuqaroning tirik ekanligi aytilmoqda.

Viloyat IIB axborot xizmati “Daryo” so‘roviga javoban ushbu holatni tasdiqladi va IIB rahbari voqea sodir bo‘lgan qishloqda holatni muhokama qilishini ma’lum qildi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar