Daryo

FVV Zangiotadagi yog‘ zavodida yuz bergan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

1 daqiqa o‘qish65 554 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi o‘quv qurollari sotiladigan “Solnechniy” bozori yaqinidagi yog‘ zavodida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi. FVV holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, 27-iyun kuni soat 14:37da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumanida joylashgan “Kasbi yog‘” MChJga qarashli korxonaning tom qismida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida korxonaning asosiy qismi yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Zangiotadagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani, Samarqandda g‘allasi o‘rib olingan 3 gektar yer yonib ketgani, Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan kafe va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar