Daryo

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish36 132 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki kunlik amaliy tashrif davomida to‘qimachilik, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, “Yangi Andijon” shaharchasi qurilishining boshlanishi tashrifning eng muhim voqealaridan biri bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Andijon viloyatiga bundan oldingi tashrifi 2020-yilning mayida amalga oshirilgan edi. O‘shanda davlat rahbari Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rgan, viloyatda g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar