O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, odamlar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Andijon viloyatiga bundan oldingi tashrifi 2019-yilning mayida amalga oshirilgan edi. O‘shanda davlat rahbari Xonobod shahridagi Xon tex city mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgandi.