Daryo

Xitoyda 2 ming dollarlik elektromobil sotuvga chiqdi

Avtomobil uzunligi 3500 millimetrni tashkil etadi, yuk ko‘tarish qobiliyati — 400 kilogramm

1 daqiqa o‘qish51 986 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Xitoyning Jiangsu Ruipaiying Import And Export Co. kompaniyasi pikap kuzovida yaratilgan hamyonbop Changli CLZKC-009 elektromobilini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, ular Amerika avtomobil sanoatidan ilhomlangan bo‘lsa-da, Changli CLZKC-009 ning Xitoy ildizlarini yashirish ancha mushkul. Hatto radiator panjarasidagi Explorer yozuvi ham modelni Ford mahsuloti bilan adashtirish imkonini bermaydi. Avtomobil uzunligi 3500 millimetrni tashkil etadi, yuk ko‘tarish qobiliyati — 400 kilogramm.

Mashina salonida ikkita o‘rindiq bo‘lishiga qaramay, u yerda lyuk, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kamera va elektron oyna ko‘targichlar bor. Qo‘shimcha to‘lov evaziga konditsioner ham o‘rnatish mumkin.

Foto: IXBT

Avtomobil elektrodvigatelining quvvati 4 ot kuchini taqdim etadi va u soatiga 65 kilometr tezlikkacha harakatlanish imkonini beradi. Sig‘imi 4,8 kilovatt/soatga teng akkumulyator batareyalari yordamida esa bir marta quvvatlanish orqali 130 kilometr yo‘l bosish mumkin.

Mazkur avtomobilni hozirda Xitoyda 2 ming dollarga xarid qilish mumkin.

Avvalroq Xitoyda Cobalt’dan ikki barobar arzon elektromobil sotuvga chiqqani, Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xitoyda atrofidagi havoni tozalashga qodir IM Airo elektromobili namoyish etildi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar