Daryo

Xitoyda Cobalt’dan ikki barobar arzon elektromobil sotuvga chiqdi

Pocco Meimei modeli interyeri va eksteryeridagi o‘ziga xos dizayn, qo‘shimcha uskunalar to‘plami, shuningdek, arzonligi bilan ko‘pchilikni hayron qoldirgan

2 daqiqa o‘qish66 600 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Autohome

Xitoyda navbatdagi hamyonbop elektromobil sotuvga chiqdi, deb xabar beradi Motor. Uch eshikli Pocco Meimei modeli interyeri va eksteryeridagi o‘ziga xos dizayn, qo‘shimcha uskunalar to‘plami, shuningdek, arzonligi bilan ko‘pchilikni hayron qoldirdi: bazaviy elektrokar narxi 4600 AQSh dollarini tashkil etadi — Cobalt’dan ikki barobar arzon.

Foto: Autohome

Pocco Meimei o‘lchamlari — 3025/1500/1515 millimetr, g‘ildiraklar bazasi — 1950 millimetr. Konstruktorlar salonga ikki qator o‘rindiqni joylashtirishga urinmagan ham: Meimei ikki o‘rindiqli, ular orqasidagi joy esa yukxonaga ajratilgan.

Muhandislik nuqtayi nazaridan siti-kar juda oddiy: old qismiga McPherson uslubidagi “podveska”, orqasiga torssimon to‘sin o‘rnatilgan, batareyalari esa o‘qlar orasiga joylashtirilgan, elektromotor — old tomonida. Modelning o‘ziga xosligi — 14 dyuymli ulkan g‘ildiraklarga egaligida.

Foto: Autohome

Jamlanmasidan kelib chiqib texnik jihati bir-biridan farq qiladi: bazaviy Pocco Meimei’ga 27 ot kuchiga elektromotor va sig‘imi 9,2 kilovatt/soatga teng litiy-temir-fosfatli akkumulyator o‘rnatilgan. Bu kabi avtomobil NEDC sikli bo‘yicha bir marta quvvatlanish orqali 120 kilometr yo‘l bosa oladi.

Suratlarda esa 39 ot kuchiga ega elektrodvigatel va 14 kilovatt/soatli batareya o‘rnatilgan ancha top-versiya tasvirlangan. Mashinaning dinamik tavsiflari haqida ma’lumotlar yo‘q, biroq u bir marta quvvatlanish orqali 170 kilometr yo‘l bosishga qodir. Oddiy rozetka orqali to‘liq quvvatlanishi uchun 6-8 soat kerak bo‘ladi.

Foto: Autohome
Foto: Autohome

Pocco Meimei’ning yuqori jamlanmalari interyerining chiroyliligi ajralib turadi va u charm o‘rnini egallovchi yorqin material bilan qoplangan. Zavod opsiyalari qatoridan yorug‘lik diodli optika, oynalarni elektron ko‘tarish, markaziy qulf, konditsioner, 5 dyuymli ekran o‘rnatilgan raqamli qurilmalar paneli, shinalardagi bosimni o‘lchovchi datchik, videoregistrator, keng formatli multimediyatizim tachskrini bilan ajralib turadi.

Foto: Autohome

Shuningdek, siti-kar tormozlar antibloklovchi hamda shatakka olishga qarshi tizim bilan jihozlangan. Biroq hozircha standart qurilmalar jamlanmasi faqat ikkita top versiyaga o‘rnatilgan.

Foto: Autohome
Foto: Autohome
Foto: Autohome
Foto: Autohome
Jamlanmalaridan kelib chiqib Pocco Meimei narxi 4600-7200 dollar atrofida bo‘ladi. Xaridorlar to‘rtta jamlanmadan birini tanlashi mumkin. Mazkur model savdolari Xitoyda boshlangan bo‘lib, uning yillik tiraji 50 ming nusxa atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Porsche yo‘ltanlamas universali va elektrovelosipedlarini namoyish etdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar